Muhtaram o'quvchi, ma'lumingizkim, xalqimizda har kim yetti
otasining ism-sharifini bilishi kerak degan aqida bor. Zero, inson
bolasi o'z padari buzrukvoriga qarab qad rostlaydi. Bobokalonlari-
mizdan biri Mirzo Ulug'bekning nomini, munajjim bo'lganini, nari
borsa o'z o'g'li tomonidan o'ldirilganini bilamiz, xolos. Qo'lingizdagi
kitob esa Mirzo Ulug'bek iste'dodining yana bir qirrasi - tarixchilik
sohasidagi faoliyatining mahsulidir. Uni mutolaa qilganlar nafaqat
yetti ajdodini, balki butun shajarasini bilib oladi, desak zarracha
mubolag'a bo'lmaydi.

