🕌 "Chahoryorlar – To‘rt buyuk sahobiy" – Mustafo Nejatī Bursali (Мустафо Нежати Бурсали) tomonidan yozilgan, iymon, fidoyilik va adolat timsoli bo‘lgan sahobalar haqidagi hayajonli va chuqur asar!
"Чаҳорёрлар – Тўрт буюк саҳобий" – Мустафо Нежати Бурсали (Mustafo Nejatī Bursali) томонидан ёзилган, иймон, фидойилик ва адолат тимсоли бўлган саҳобалар ҳақидаги ҳаяжонли ва чуқур асар!
✅ Islom tarixining eng buyuk shaxsiyatlari bilan tanishmoqchimisiz?
✅ Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) ning eng yaqin do‘stlari va yelkadoshlarining hayotidan ilhom olmoqchimisiz?
✅ Farzandlaringizga chin musulmonlik namunalarini ko‘rsatmoqchimisiz?


Unda bu 4 jildlik to‘plam – siz kutgan bebaho manba!
📖 Mustafo Nejati Bursali (Мустафо Нежати Бурсали) – mashhur turk yozuvchisi va islomiy tarix targ‘ibotchisi, bu asarda Abu Bakr, Umar, Usmon va Ali (r.a.) ning hayotlarini chuqur, manbaviy asosda, badiiy va ruhiy jihatdan tasvirlab bergan.
🌟 To‘plamning o‘ziga xos jihatlari:
📚 Imomlar, o‘qituvchilar, talabalar va ota-onalar uchun tavsiya etilgan eng ta’sirli kitoblar qatorida!
🔥 Nega hozir xarid qilishingiz kerak?
🛡 Dunyoni o‘zgartirgan to‘rt buyuk yetakchining yo‘lidan boring
🧠 Diniy, ma’naviy va tarixiy bilimlaringizni chuqurlashtiring
🛒 Uzum Marketda eng ko‘p izlanayotgan islomiy tarjimalar orasida
🚚 24 soat ichida yetkazib beriladi
💬 1000+ ijobiy fikr va minnatdorchilik

Abu Bakr kunyasi bilan tanilgan bu zot birinchi sakkiz musulmonning ham, Asharai Mubashsharaning ham, Xulafoi Roshidinning ham birinchisi buldilar. Xalifaliklari davomida Qur'oni karim oyatlarini birinchi bo'ilib to'platganlari uchun “Jomiul Qur'on” unvoniga sazovor bo'ganlar. Hamma Ishda Adolatni birinchi o'ringa qo'ydilar. Xalifaliklari ikki yil uch oy davom etdi. Rasulullohdan 142 ta hadis rivoyat qilganlar.Abu Bakr bilimdon, badavlat kishi bulganlar, tijorat bilan shug'ullanganlar. Boyliklarining katta qismini Alloh yo'lida sarflaganlar. Hech qachon butga siginmaganlar, ichkilikni og'izlariga olmaganlar. Islomni hech ikkilanmay qabul qilganlari va Rasululloh sollallohu alayhi vasallam me'rojlarini eshitgan zahoti tasdiqlaganlari uchun “Siddiq” unvoni berilgan.
Ushbu kitobda u zotning ibratli hayotlari haqida so'z yuritiladi.

Umar ibn Xattob to'rt xalifaning ikkinchisi, xaq bilan botilni ajratib, “Foruq” laqabini olgan, jannatga kirishlikka bashorat berilgan o'n sahobaning biri. Birinchi bo'lib “Amiral Muminin” laqabini olgan xalifa. Islomga Rasululloh payg'ambar qilib yuborilishining oltinchi yili kirdilar. Hazrati Umar olim, tadbirli, dono, taqvoli, dunyoda zohid, achchik bulsa-da, haq so'z so'zlovchi kishi edilar. U kishi hammasi bulib Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan 539 ta hadis rivoyat qildilar. Bu zotdan bir nechta sahobalar rivoyat qilishdi. U zot rivoyat kilgan xadislardan uchta “Sahih” sohiblari uz kitoblariga kiritishgan.
Ushbu kitobda u zotning ibratli xayotlari xaqida suz yuritiladi.

Asxoblarning ulug'laridan, Asharayi mubashsharaning birlari. Xulafoyi Roshidinlarning uchinchilari. Nasablari: Usmon ibn Afon ibn Abul Oss ibn Umayya ibn Abdush Shams ibn Abdumannof ibn Kusoydir. U kishi asli quraysh toifasidan bulganlar, nasablari Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning nasablariga Abdumannof orqali birlashadi. Usmon rosiyallohu anho fil yilining oltinchi sanasida, yani eng tugri rayga ko'ra Rosululloh sollallohu alayhi vasallamning tug'ilishlaridan olti yil keyin Toif shahrida tug'ilganlar.
Rasulullohga sollallohu alayhi vasallam iymon keltirib, u zot uchun har qanday fidokorlikka tayyor turganlar, butun sarvatlarini din yo'liga vaqf etgan bu zot Rasuli akram sollallou alayhi vasallamning Ruqiyya rosiyalloh anho ismli qizlariga uylanadilar. Ruqiya rosiyallou anho vafot etganlaridan so'ng Payg'ambarimizning sollalohu alayhu vasallam yana bir qizlari Ummu Gulsum roziyallohu anhoni nikohlariga oldilar. Shu bois, ikki nur sohibi "Zinnurayn" nomi bilan tarixga kirganlar.
Ushbu kitobda u zotning ibratli xayotlari xaqida suz yuritiladi.

Ustozimiz Nejati Bursali bu asarida Hz. Alining Islomga boglanganligini aytib, Hz. Alini sevadiganlarga Islomiy yashashlari juda chiroyli anglatibdilar. Umid qilamanki, bu asarning aynan shu jihatdan foydasi katta bo'ladi.
Alloh dunyo va ohirat saodatini Islomni o'rganib, tushunib, yashaydiganlarga bergandir, yana berguvchidir. Shunday bo'lishimizni tilayman.


