Ulug‘vorlik va mo‘jizakorlik sir-sinoatlarini hayotga qaraganda san’atning o‘zi rad etib bo‘lmas darajada isbotlay oladi. Yozuvchining o‘zi e’tirof etganidek, endi majburiy jangga choralangan yigitlarning norozilik va qiyinchiliklari shon-sharafning shuhratli yo‘llariga aylanadi. Turmushga chiqiboq barcha orzu-umidlaridan mosuvo bo‘lgan qizlar esa afsonaviy Penelopadan qolishmasliklarini isbotlaydilar. Ayollar keyinchalik hayotning ikir-chikirlariga o‘ralashib ado bo‘ladigan ojiz va notavon ayollarga emas, o‘n ikki jasorati bilan barcha xalqlar orasida beqiyos shuhrat qozongan bo‘lajak Gerakllarga ko‘krak tutadilar.
1927-yilda nashrdan chiqib, katta shov-shuvga sabab bo‘lgan «Avliyo qirol Lyudovik ko‘prigi» romani Tornton Uaylderning ana shunday o‘yga toldiruvchi asarlaridan biridir.
Asar inson hayoti, taqdir, tasodif va insonlar o‘rtasidagi bog‘liqlik haqida chuqur mushohada yuritishga undaydi. Voqealar orqali inson hayotidagi kutilmagan burilishlar va ularning ma’nosi haqida o‘ylashga chorlaydi.
«Avliyo qirol Lyudovik ko‘prigi» o‘zbek kitobxonlarini ummon orti adabiyotining yirik namunalari bilan tanishtirishi bilan alohida ahamiyatga ega.

