Torabika brendidan ajoyib Creamy Latte — bu Indoneziyaning eng zamonaviy INSTANT COFFEE texnologiyasi asosida saralangan vulqon kofye donachalaridan tayyorlangan ichimlikdir. Yangi Zelandiya sutining mayin qaymoqli ta’mi haqiqiy qahva ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi. ToraBika 3 tasi 1 da — Indoneziyaning Yava orolidagi vulqonli hududlarda yig'ib olingan saralangan Arabika donalaridan tayyorlangan eruvchan qahva ichimligidir. Ishlab chiqarish jarayonida kofye donalari qovuriladi, maydalanadi va issiq suv bilan ishlov beriladi. So‘ngra hosil bo‘lgan konsentrlangan ichimlik issiq havo oqimida purkalib, quritiladi va kukun holatiga keltiriladi. Ushbu texnologiya INSTANT COFFEE deb ataladi. Tayyorlanish xususiyatlari tufayli, 3 tasi 1 da paketlaridagi kofyein miqdori donali qahvaga qaraganda kamroq bo‘ladi.
Creamy Latte (Latte) — achchiq ta’msiz, yengil va sutli ichimlik bo‘lib, Yangi Zelandiya sutining mayin qaymoqli ta’mi bilan ajralib turadi. U kattalarga ham, bolalarga ham birdek yoqadi. 1 dona paketning vazni — 30 gr. Torabika qahvasining asosiy afzalligi — uning tez va oson tayyorlanishidir. Uni yo‘lga, sayohatga yoki xizmat safariga o‘zingiz bilan olish juda qulay. Tezkorlik va sifatni qadrlovchilar uchun ideal yechim. Donalarni maydalash yoki uzoq vaqt damlashga hojat qolmasdan, bir finjon mazali qahvadan bahramand bo‘lishingiz mumkin.
TAYYORLASH USULI: 150-180 ml issiq suv yoki sut qo‘shing va yoqimli qaymoqli iforga ega tetiklantiruvchi ichimlikdan zavqlaning. To‘plamda 6 ta katta qadoq mavjud bo‘lib, ularning har birida 20 tadan sachet (paketcha) mazali 3 tasi 1 da qahvasi bor. Qahva qulay polietilen paketchalarda chiqariladi. Ichimlikni tayyorlangandan so‘ng darhol iste’mol qilish tavsiya etiladi. Soviganida suyuqlikning kislorod bilan to‘yinishi natijasida ta’mi o‘zgarishi mumkin.

