To'qson uchinchi yil" - Viktor Gyugoning inson irodasi, fojia va ja-
sorat tabiatiga bag'ishlangan so'nggi buyuk romanlaridan biri. Asarda
qahramonlar taqdiri orqali har qanday tarixiy davrda dolzarb bo'lgan
masalalar: insonning ichki burchi, axloqiy tanlov, sadogat va halokat
oʻrtasidagi murakkab muvozanat yoritiladi. Gyugo qahramonlarini
siyosiy yoki mafkuraviy tamg'alamaydi. Ularning har biri oʻz e'tigo-
di, vijdoni va shaxsiy mas'uliyati bilan yashaydi. Shu jihatdan roman
qahramonlari tarixiy voqealarnigina emas, avvalo, inson tabiatining
o'ziga xos, dramatik qirralarini namoyon qiladi. Uslub jihatdan "To'g-
son uchinchi yil" Gyugo qalamiga xos epik kuch, dramatik dinamika va
inson ruhiga chuqur nazar soluvchi badiiy ehtiros bilan to'lgan asar.
U o'quvchini ulkan voqealar emas, balki o'sha voqealar orasida oʻzini
yo'qotmagan insonning ichki qiyofasi bilan uyg 'otadi. Roman faqat bir
davr haqida emas, balki har bir avlodga taalluqli ulkan bir savolni qo'-
yadi: inson kim va u oʻz tanlovining narxiga tayyormi?
Klassik adabiyot durdonasi bolgan Viktor Gyugoning mazkur ro-
maní o'zbek kitobxonlariga munosib tuhfa boʻlishiga umid qilamiz.

