Armonia Home Textile bilan yotoqxonangizda haqiqiy sharqona ertak va hashamat muhitini yarating!
To'q ko'k (zümrüd/morskaya volna) fonda oltinrang hamda to'q qizil naqshlar va gullar uyg'unlashgan ushbu ko'rp-to'shak jamlanmasi yotoqxonangizga o'zgacha ko'rk, salobat va boy ko'rinish bag'ishlaydi. dizayni o'zining boy koloriti va nafis klassik ornamentlari bilan ajralib turadi.
Nega aynan Armonia Home Textile choyshablarini tanlashadi?
- 100% Tabiiy Paxta: Yuqori sifatli toza paxta ipidan to'qilgan. Sintetika aralashmagan, shuning uchun terlatmaydi, statik elektr hosil qilmaydi va teringiz erkin nafas oladi.
- Premium Ranglar Chidamliligi: Maxsus texnologiya asosida bo'yalgan mato ko'p marta yuvilganda ham o'zining chuqur to'q ranglarini va yorqin naqshlarini ilk kundagidek saqlab qoladi.
- Amaliy va Kir ko'taruvchi: To'q rangli palitrasi tufayli juda amaliy bo'lib, tez-tez yuvish talab qilmaydi va har qanday interyerga (Klassika, Modern, Sharqona) mos tushadi.
- Sog'lom uyqu: Mato tanadagi namlikni yaxshi singdiradi va ideal mikroiqlim yaratadi — qishda issiqlik, issiq kunlarda esa yoqimli salqinlik beradi.
Parvarish qilish bo'yicha tavsiyalar:
- 40 darajadan yuqori bo'lmagan haroratda, kir yuvish mashinasida teskari o'girilgan holda yuvish tavsiya etiladi.
- Rangli matolar uchun mo'ljallangan suyuq gellardan foydalanish tavsiya etiladi.
Armonia Home Textile — bu shunchaki choyshab emas, bu sizning yotoqxonangizdagi premium darajadagi qulaylik va estetika
• 40°C haroratda, nozik (delikatniy) rejimda yuvish tavsiya etiladi
• Material 100% Paxta
• Mato zichligi 120g/m²
• Armonia Home Textile
