Sevimli bolajonlar!
Topishmoq, topmacha, jumboq, matal - xalq og'zaki poetik
jodining eng qadimiy va ommaviy janridir. Jahondagi barcha
salqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush
darajasi madaniyati, ur-fodatlari ma'lum darajada o'z ifodasini
topadi. Topishmoqda yechilishi mumkin bo'lgan so'roq majoziy
shaklda ifodalanib, uning ma'nosi yashirincha bo'ladi. Topishmoqda
narsa yoki hodisa boshqa narsa yoki hodisaga o'xshatish, o'zaro
qiyoslash, taqqoslash orqali gavdalantiriladi.
Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so'z boyligini oshirish,
hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini.
idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi
hisoblanadi

