Topishmoq, topmacha, jumboq, matal – xalq og‘zaki poetik ijodining eng qadimiy va ommaviy janridir. Jahondagi barcha xalqlar folklorida uchraydi. Topishmoqlarda xalq hayoti, turmush darajasi madaniyati, ur-fodatlari ma’lum darajada o‘z ifodasini topadi. Topishmoq aytish, asosan, bolalarning so‘z boyligini oshirish, hayot va uning hodisalari haqidagi tushunchalari va tasavvurlarini, idroki va mulohaza qobiliyatini kengaytirishda tarbiya vositasi hisoblanadi.

