“Top Matematika – 1000 savol” kitobi matematika fanidan bilimlarni mustahkamlash va mantiqiy fikrlashni rivojlantirish uchun mo‘ljallangan testlar to‘plamidir. Kitobda turli darajadagi qiziqarli, mantiqiy va mavzulashtirilgan 1000 ta test savollari jamlangan. O‘quvchilar, abituriyentlar va matematika fanini chuqurroq o‘rganmoqchi bo‘lganlar uchun juda foydali qo‘llanma. Ushbu testlar bilimni mustahkamlash va imtihonlarga tayyorgarlik ko‘rishda samarali yordam beradi.

