Eksklyuziv TO'P kolleksiyasidan joy olgan ushbu uzuk ixcham geometriya va Markaziy Osiyoning boy madaniy merosining nafis uyg'unligidir. Taqinchoqning asosiy elementi — yirik bo'shliqli kumush sferadir (sharcha). Uning yuzasi an'anaviy o'rta osiyo motivlaridan ilhomlangan mayda aylanma naqshlar bilan qoplangan bo'lib, bu buyumga o'zgacha joziba, yengillik va takrorlanmas xarakter bag'ishlaydi. Uzukning silliq ingichka halqasi barmoqqa qulay taqilishini ta'minlaydi va bor diqqatni asosiy dekorativ detalga qaratadi.
Uzuk 925 sinali kumushdan yasalgan va rodiy qatlami bilan qoplangan, bu esa metallni qorayishdan asraydi va unga olijanob platina jilosini beradi. Ushbu taqinchoq noyob konseptual dizaynni, chuqur ma'noni va detallarda aks etgan go'zallikni qadrlaydiganlar uchun mukammal tanlovdir.

