Noodatiy, bahsli, o‘ziga xos, o‘qish uchun qiziqarli.
Mixail Labkovskiy,
psixolog, «Xohlayman va bo‘laman» kitobi muallifi
Mark Menson
jasur yigit. U butun G‘arb olamining asosiy boyligiga —
har qanday narxda pozitivlikka da’vo qiladi. Menson
Facebook avlodi va «shaxsiy o‘sish» haqidagi kitoblar uchun
inqilobiy fikrni ilgari suradi: MUVAFFAQIYATSIZLIKLAR TARIXI
Stiv Jobs va Sergey Brinning tarixidan ancha foydaliroq.
Balki hech bo‘lmasa shu muallif sizga hayotiy
ustuvorliklarni belgilashni o‘rgatar — ular deyarli hech qachon
yaltiroq, to‘qib chiqarilgan qahramonlarning ustuvorliklariga
mos kelmaydi.
Igor Maltsev,
jurnalist
«Pofigizm» masalasiga kelsak — bu aldov. Aslida Mark Menson
shuni orzu qiladi: biz ongli bo‘laylik
va XXI asrni navbatdagi «ego asri»ga aylantirmaylik.
Budda, Iso va Bukovskiy — o‘ziga nisbatan haddan
tashqari bag‘rikenglikka qarshi bu norozilikning qahramonlari.
O‘qish — o‘z ahamiyatidan voz kechish, umumqabul qilingan
qadriyatlarning qulashi va o‘lim qo‘rquvining yo‘qolishiga
olib kelishi mumkin.
Nastya Travkina,
«Batenka, siz transformer ekansiz»
samizdat nashri muharriri

