Amerikalik atoqli adiba, Nobel mukofoti sohibasi Toni Morrison ijodi o‘zbekzabon o‘quvchilarga ko‘p ham tanish emas ("Jahon adabiyoti" jurnalining 2016 yil 7-8-sonlarida Dildorxon Aliyeva tarjimasida chop etilgan "O‘z uyim" romanini hisobga olmasak, albatta). Adibaning romanlari nafaqat afroamerika madaniyati doirasidagi adabiyot yoxud irqiy ayirmachilik bilan bog‘liq muammolar qalamga olingan asarlar sanaladi, balki ular bugun umummilliy Amerika adabiyotining eng muhim qismi va timsoliga ham aylanib ulgurgan.

