Tomofody Lip Tint 02 Coral Rose — lablarga chiroyli, yorqin va tabiiy korall pushti rang beradigan zamonaviy tint. Yengil teksturali, labga yoqimli surtiladi, yopishqoq hissiyot qoldirmaydi. Shaftoli pushti va korall rang aralashmasini yoqtiradigan qizlar uchun ayni muddao.
Bu tintik lablarda chiroyli rang qoldiradi, uzoq muddat saqlanadigan effektga ega. Namlovchi formulasi lablarni quritib yubormaslikka yordam beradi. Kundalik makiyaj, uchrashuv, ish, o‘qish va bayramona obrazlar uchun mos.
Labga bir marta surtib, tabiiy va nafis ko‘rinish olish mumkin. Yorqinroq effekt xohlasangiz, yana bir qatlam surtishingiz mumkin.

