XX asr nemis adabiyotining yirik namoyandasi, Nobel mukofoti sovrindori Tomas Manning ushbu to'plamiga yozuvchining chuqur falsafiy va psixologik hikoyalari jamlangan.
Ushbu kitob orqali o'quvchi inson qalbidagi nozik kechinmalar, tarixiy o'zgarishlar fonidagi axloqiy tanlovlar va jamiyatdagi ruhiy keskinliklarni chuqur anglash imkoniga ega bo'ladi.
«Tristan», «Venesiyadagi ajal», «Mario va afsungar» kabi hikoyalar zamirida insoniyat hayotiga tahdid soluvchi illatlar - kibru xavf, haddan oshgan ishonch, mutaassiblik va qudrat istagining fojiali oqibatlari badiiy mahorat bilan ochib beriladi.
Har bir hikoya — bu yozuvchining ruhiy yuksalish, qadriyatlar, tanazzul va najot haqidagi ichki mulokoti. Mann o'z asarlari orqali bizni inson tabiatining eng nozik qatlamlari bilan yuzlashtiradi.

