• Sahifalar 446
• Muqova: Qattiq
• Qog'oz rangi oq
Amerikalik mashhur yozuvchi Tomas Harris ko‘plab mukofotlarga sazovor bo‘lgan taniqli triller asarlar muallifi hisoblanadi. Uning asarlari 50 million nusxadan ortiq sotilgan.
Tomas Harrisning ushbu "Qizil ajdarho" asari qotil doktor Gannibal Lekter haqidagi tetralogiyasining birinchi kitobidir. Bu kitob dunyo bo‘ylab 10 million nusxadan ortiq sotilgan va 40 dan ortiq tilga tarjima qilingan.
Bu asarda izquvar Grexem bir vaqtlar o‘zi qo‘lga olgan, ayni vaqtda ruhiy kasal jinoyatchilar shifoxonasidagi davolanayotgan afsonaviy qotil doktor Gannibal Lekterdan "Qotilni, albatta, qotil tuta oladi" degan tamoyilga asoslanib Amerika Qo‘shma Shtatlarini zir titratayotgan "Tish parisi" laqabli beshafqat qotilni tutishga yordam berishini so‘raydi.
Axir, o‘zi uchiga chiqqan jinoyatchi bo‘la turib, Gannibal Lekter nega boshi berk ko‘chaga kirib qolgan mamlakatning manaman degan izquvarlariga tutqich bermas qotilni tutishda qimmatli maslahatlarini berishi mumkin?
Qamoqxonaning zerikarli muhitidan to‘ygan Lekter ham bu iltimosga rozi bo‘ladimi?
Yoki Federal qidiruv byurosi izlayotgan "Qizil Ajdarho"ni qo‘lga olib, o‘zidanda aqlliroq qotil yo‘qligini isbotlamoqchi bo‘ladimi? "Tish parisi" kim o‘zi? Uning oilasi bormi?
Nega u doimo vahshiy qotilliklar qilgan? "Tish parisi" va "Qizil Ajdarho" bitta shaxsmi? Gannibal Lekter izquvar Grexemga, haqiqatan ham, yordam beradimi?
Izquvar Grexemning o‘zi ham "Qizil ajdarho "ning navbatdagi o‘ljasiga aylanadimi?
"Qizil ajdarho" qo‘lga olinadimi? Ushbu savollarga asar o‘qish davomida javob topasiz!

