Ushbu kitob boshqa kitoblarga aslo o`xshamaydi. U kechagi, bugungi kun va kelajak xususida turli mavzularni qamrab olgani bilan ahamiyatlidir. Kitobda muayyan masalalar yuzasidan ustoz va shogirdning turli qarashlari, fikr-mulohazalari keng joy olgan. Bunda ustozning mushohadalariga ko`proq o`rin ajratilgan. Zotan, ulkan hayotiy tajribaga ega adib oldida shogirdning bisyor gapirishi odobdan ham emas. Suhbatlar esa, asosan, hayot, adabiyot, ijod, ta'lim-tarbiya, yoshlar masalasi, kino, teatr, san'at, global muammolar, hatto futbol va hazil-mutoyibani ham qamrab olgan.

