Today Tomorrow Always — bu sevgi, nafislik va sadoqatni ifodalovchi klassik ayollar atiri. Ushbu hid o‘zining yumshoq va romantik kompozitsiyasi bilan ajralib turadi va har kuni o‘zingizni yanada jozibali his qilishingizga yordam beradi.
Atirning ochilishida gullar va mevali notalar uyg‘unligi seziladi, yurak qismida esa boy gul kompozitsiyasi hukmronlik qiladi. Yakunda esa iliq va muloyim baza notalari uzoq vaqt davomida terida saqlanib, nafis shleyf qoldiradi.
Bu atir uchrashuvlar, kundalik foydalanish va maxsus lahzalar uchun ideal tanlov.
Yuqori notalar: freziya, kaktus guli, sitrus aksentlar
Yurak notalar: yasemin, atirgul, apelsin guli
Baza notalar: sandal daraxti, mushk, amber

