Jojo Moyes Londonda tavallud topgan. London universitetini bitirgan. "Independent" ro'znomasida o'n yil ishlagach, ilk romani bilan dunyoga taniladi. 2002-yildan boshlab o'zini butunlay yozuvchilikka bag'ishlaydi. Adiba "Romantik adiblar" assotsiatsiyasining kamdan-kam ijodkorlarga nasib qiladigan "Yilning romantik romani" mukofoti bilan ikki marta taqdirlangan. "Kichkina bir hayotda ulug'vor orzularning g'amgin tarixi tarannumi o'quvchini beixtiyor yig'latadi". Daily Mail "Favqulodda asir etib, hayratga soladigan romantik asar". Daily Telegraph "Yuragingizni tovoningizga tushirib yuboradigandek darajada joni-jahoningizni ishg'ol etadigan roman".

