Quvurlardagi tiqilib qolish holatlarini bartaraf etish va ularning oldini olish uchun universal vosita. O‘simlik va hayvon yog‘lari, organik ifloslanishlar hamda oziq-ovqat qoldiqlarini samarali eritadi. Noxush hid paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan mikroblarni yo‘q qilib, yuzani dezinfeksiya qiladi.
Ushbu tozalash vositasidan foydalanish orqali kanalizatsiya quvurlarini juda qisqa vaqt ichida tozalash mumkin. Odatda, tiqilib qolishni eritish uchun sarflanadigan vaqt 90 daqiqadan oshmaydi.
Tarkibi: natriy va kaliy gidroksidlari.
Saqlash shartlari: 0 °C dan +25 °C gacha bo‘lgan haroratda, quruq joyda saqlansin.
Ehtiyot choralari: bolalar va hayvonlardan ehtiyot qilinsin, oziq-ovqat mahsulotlaridan alohida saqlansin. Teri va ko‘z shilliq qavati bilan aloqa qilishiga yo‘l qo‘ymang. Ko‘zga tushgan taqdirda, darhol suv bilan yuvib tashlang.

