• Magnitli stakanlar texnologiyasi: To'plamdagi stakanlar maxsus magnitlar yordamida teskari holatda osiladi. Bu suvning tez oqib ketishini ta’minlaydi va stakan ichida bakteriya to‘planishini oldini oladi. Stakanlar har doim quruq va toza holatda turadi.
• Parmalashsiz oson o'rnatish: Maxsus yuqori chidamli yopishqoq mahkamlagich yordamida devorni teshmasdan o'rnatiladi. Mustahkam stiker 5 kg gacha yukni bemalol ko'tara oladi va namlikka chidamliligi sababli vannaxonada ishonchli xizmat qiladi.
• Qulay saqlash uchun javoncha: Organayzerning yuqori qismida turli xil mayda buyumlar, kremlar yoki parfyumeriya uchun keng javon mavjud. Bu nafaqat dozator, balki vannaxonadagi barcha zarur ashyolarni bir joyga jamlovchi mukammal va shinam organiayzerdir.
• Cho'tkalarni toza saqlash: Maxsus qopqoqli bo'lim tish cho'tkalarini changdan ishonchli saqlaydi. Bu tish yuvishni yanada toza va xavfsiz qiladi. Har xil turdagi cho'tkalar uchun mos keladi va ularni doim quruq holda tartibli saqlashga yordam beradi.
• Ikki barobar qulaylik: Ikki xil tish pastasi uchun mo'ljallangan avtomatik dozatorlar pastani oxirgi tomchisigacha tejab beradi. Bu tizim kattalar va bolalar uchun alohida pastalarni bir joyda qulay saqlash imkonini beradi va ertalabki vaqtni tejaydi.
Vannaxonangizda haqiqiy shinamlik va yuqori darajadagi gigiyenani yaratishni xohlaysizmi? Ushbu ko‘p funksiyali organiayzer tish yuvish jarayonini nafaqat osonlashtiradi, balki har bir detal o‘ylangan zamonaviy dizayn yechimini taqdim etadi.


