💊 Foliy kislotasi yo‘ldoshning normal shakllanishi va faoliyat yuritishida, DNK sintezi, megaloblastlarning yetilishi hamda normoblastlarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi. 🌍 JSST homiladorlikni rejalashtirish bosqichida va homiladorlik davrida foliy kislotasini qabul qilishni tavsiya etadi. 🤰 U homila asab naychasi rivojlanishidagi nuqsonlar xavfini kamaytirishga yordam beradi.
🧂 Yod qalqonsimon bez gormonlari tarkibiga kiruvchi muhim mikroelementdir. U oqsil, yog‘, uglevod va energiya almashinuvi, asab tizimi, yurak-qon tomir tizimi, jinsiy hamda sut bezlari faoliyatidagi tabiiy jarayonlarda ishtirok etadi.
✨ TIROSNAB + B9 yod va foliy kislotasiga bo‘lgan ehtiyoj oshgan davrlarda, jumladan homiladorlikni rejalashtirish, homiladorlik va emizish vaqtida qo‘llanadi.
🩺 Qo‘llash ko‘rsatmalari:
✔ Yod va foliy kislotasi yetishmovchiligining oldini olish
✔ 🤰 Homiladorlikni rejalashtirish davrida
✔ 🤱 Homiladorlik va emizish davrida
✔ 🦋 Qalqonsimon bez faoliyati uchun muhim komponentlar manbai
✔ 🩸 Mutaxassis tavsiyasiga ko‘ra kompleks qabul tarkibida
⚠️ Bu dori vositasi emas. Biologik faol qo‘shimcha.



