Kiborlar jamiyatining a'zosi bo'lgan Nexlyudov nikohlanmagan ota-onadan tug'ilgan, voyaga yetgacha islovatxonadan panoh topgan, oxir-oqibat katorgaga hukm qilingan Katerina Maslovaning taqdirida o'zini aybdor deb hisoblaydi. Vijdoni oldida javob berar ekan, u qizga yaxshilik qilibgina o'zini ma'naviy azoblardan xalos qilishi, kerak bo'lsa unga uylanishga ahd qilishi kitobxonni inson ruhining naqadar ulug'vorligini tan olishga chorlaydi.
Sevimli adibimiz Asqad Muxtor ta'biri bilan aytganda, "Tolstoy - buyuk xalqning qalbi va ovozi, ezgulik va mardlik timsoli. U bitmas-tuganmas xazina, hamma joyda hozir-u nozir vijdon hakamidir. Bu - doimiy tashnalik, bir umr izlanish, ruhiy bezovtalik. Qadimgi yunonlarning Gomer haqida aytgan gapini Tolstoyga ham qo'llash mumkin: u shunday saxovatli boylikki, qancha olishga qurbing yetsa, shuncha beradi".
Nashriyot: Zabarjadmedia
Tarjimon: Xolida Ahrorova
Sahifa: 480 bet
Muqova: Qattiq

