«Ildizlar» interyer vazasi bilan gullarni parvarish qilish jarayonini haqiqiy estetik zavqga aylantiring.
Vazaning pastki qismi daraxt ildizlarining chigal oʻrilishini va tabiiy organik shakllarni eslatuvchi murakkab, nafis toʻrsimon naqshda bajarilgan. Yuqoriga koʻtarilgan sari bu naqsh silliq va xushbichim silindrga aylanib, nazokatli jilo kasb etadi.
Asosiy afzalliklari:
Tirik gullar uchun: Tashqi dekorativ karkas ichiga yechib olinadigan shisha kolba joylashtirilgan. Suv sizib chiqishidan xavotir olmay, bemalol suv quyishingiz va yangi uzilgan guldastalarni qoʻyishingiz mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar: Vaza yuqori aniqlikdagi 3D-printerda, oʻsimlik xomashyosidan olingan ekologik toza va xavfsiz PLA-plastikdan chop etilgan.
Mustahkam va ogʻir: Mahsulotning umumiy vazni 891 grammni tashkil qiladi. Bu hatto qalin guldastalar uchun ham ajoyib barqarorlikni taʼminlaydi.
Ammobab dekor: Toʻq kulrang tus va noodatiy tekstura loft, minimalizm, hi-tech, skandi yoki zamonaviy klassika uslubidagi interyerlarga mukammal mos tushadi.
Ajoyib xadya: Noodatiy dizaynerlik buyumi xonadon toʻyi (novoselye), tugʻilgan kun, 8-Mart bayrami uchun yoki yaqin insoningizga eʼtibor belgisi sifatida koʻngildagidek sovgʻa boʻladi.
Mahsulot xususiyatlari (Xarakteristikasi)
Balandligi: 27,5 sm
Kengligi / Diametri: 12,3 sm
Umumiy vazni: 891 g
Karkas materiali: PLA-plastik (eko-plastik)
Ichki qoʻshimcha materiali: Tabiiy shisha
Vazifasi: Tirik gullar, quritilgan gullar (suxotsvet) hamda interyer dekori uchun

