Yengil suv-gel asosiga va yuqori pigment konsentratsiyasiga ega lab tintlari lablarga tabiiy tus va mat effekt beradi, ularning tabiiy rangini yanada yorqin va ifodali qiladi. Qatlamlab surtish orqali rang intensivligini boshqarish mumkin. Surtilgandan bir necha soniya o‘tib, tintning suyuq teksturasi quriydi va lab terisiga singib, «makiyajsiz makiyaj» effektiga ega yengil, yarim shaffof qoplamaga aylanadi.
Lablar uchun rang beruvchi gel-tint oson surtiladi va bir tekis taqsimlanadi, lab konturidan tashqariga yoyilib ketmaydi. Yopishqoqlik va noqulaylik hissini qoldirmaydi, lab terisini quritmaydi va tortishtirmaydi, kun davomida lablarda deyarli sezilmaydi. Tint suv ta’siriga chidamli, surkalib ketmaydi va iz qoldirmaydi. Gialuron kompleks bilan boyitilgan parvarishlovchi formulasi terini uch o‘lchamli namlantirishni ta’minlaydi, uning tabiiy namligini saqlab, kun davomida lablarning namligi, yumshoqligi va silliqligini qo‘llab-quvvatlaydi.
Tint lablarning tabiiy rangini yanada yorqinlashtiradi va ularga mat qoplama beradi.
Tabiiy, yarim shaffof lab tusi yuz ko‘rinishini sezilarli darajada yangilab, unga yorqinlik va ifodalilik baxsh etadi.
Pigmentlarning yuqori konsentratsiyasi rangning uzoq saqlanishini va uning to‘yinganlik darajasini boshqarish imkonini beradi.
Gel teksturasi oson surtiladi va bir tekis taqsimlanadi, lab konturidan tashqariga yoyilmaydi hamda tez singadi.
Yopishqoqlik va noqulaylik hissini qoldirmaydi, lab terisini quritmaydi va tortishtirmaydi.
Tegish va o‘pish paytida iz qoldirmaydi, stakanlarga yuqmaydi (ichimliklar va yengil tamaddilarga chidamli).
Tarkibidagi gialuron kompleksi uch o‘lchamli namlantirishni ta’minlab, lab terisini kun davomida silliq va elastik saqlaydi.

