Siz bu upani albatta yoqtirib qolasiz!
Mutlaqo yangi formulaga ega ushbu upa teringiz rangiga mukammal mos tushishiga ishonch hosil qiling. Shaffof upaning asosiy afzalligi ham shunda!
Shaffof upa — har qanday terida yog‘li yaltirashni nazorat qilish uchun kerak bo‘ladigan ideal vosita. Shaffof sochiluvchan upa tonal asosni mustahkamlaydi va teriga biz istaydigan tabiiy ko‘rinishni beradi. Bundan tashqari, yorug‘likni tarqatish xususiyati tufayli terini yanada silliq va ipakdek mayin ko‘rsatadi.
Yengil formulasi barcha teri turlariga, jumladan sezgir teriga ham mos keladi. U teriga shaffof, tabiiy nur beradi, teshikchalar va mayda ajinlar orasida to‘planib qolmaydi.
Uni sevimli Mary Kay tonal asosingiz ustidan makiyajning yakuniy bosqichi sifatida surting yoki tabiiy go‘zalligingizni ta’kidlash uchun alohida qo‘llang.
• Universal — teri rangiga qarab alohida tus tanlashni talab qilmaydi
• Terida deyarli sezilmaydi
• Teriga tabiiy, baxmaldek mayin va yumshoq ko‘rinish beradi
• Kun bo‘yi istalmagan yog‘li yaltirashni nazorat qiladi
• Tonal asosni mustahkamlaydi
• Yorug‘likni tarqatish xususiyati tufayli teridagi kamchiliklarni vizual ravishda yumshatadi

