imeWise® namlovchi yangilovchi tonigi tufayli teringiz silliq va namlangan bo‘ladi.
Ushbu yumshoq tonikni surtganingizdan so‘ng, teri darhol namlik bilan to‘yintiriladi — bu yosh ko‘rinishni saqlab qolish uchun juda muhim.
Teringiz silliqlashadi va yangilanadi, teshikchalar kichrayadi, teri holati me'yorga keladi, tabiiy muvozanat va sog‘lom yaltirash qaytadi.
Tonik tozalash jarayonini yakunlab, keyingi parvarish bosqichidagi foydali moddalarning teriga chuqur kirib borishini ta’minlaydi.
Asosiy tarkibiy qismlar:
Natriy gialuronat — namlikni jalb qiladi va ushlab turadi.
Mirt va yasmiq o‘simlik ekstraktlari — tabiiy qarishga qarshi antioksidantlar.
Vitamin B3 (niatsinamid) — ultrabinafsha nurlarning zararli ta’sirini kamaytirishga yordam beradi.*
Asayi mevasi ekstrakti — kuchli antioksidant, erkin radikallarni yashil choyga nisbatan 80 barobar samaraliroq neytrallashtiradi.
Romashka, lavanda, rozmarin, atirgul yog‘ochi va geran ekstraktlari — foydalanuvchi uchun yoqimli, yengil hid beradi.
Qo‘llash uchun ma’lumot:
Nozik teri uchun mos.
Yog‘siz formulasi.
Hidsiz.
Spirt tarkibiga ega emas.

