Ko‘z atrofi terisini parvarish qilish go‘zallik rutinasining ajralmas qismidir. Nihoyatda yumshoq va qulay teksturaga ega yangi krem ko‘z atrofi terisini kompleks parvarish qiladi hamda unga kun bo‘yi yetadigan tetiklik va energiya baxsh etadi.
Shuningdek, ko‘z atrofidagi nozik sohaga alohida e’tibor berish juda muhim. TimeWise ko‘z atrofi terisi uchun krem ushbu hudud terisining o‘ziga xos ehtiyojlarini qondirish uchun maxsus ishlab chiqilgan. Krem tarkibida TimeWise 3D kompleksi ham mavjud bo‘lib, u asosiy TimeWise Sehrli to‘plamini mukammal darajada to‘ldiradi.
TimeWise 3D kompleksi — har bir mahsulot tarkibida
Ilmiy jihatdan isbotlangan, keng o‘rganilgan va samaradorligi tufayli bir nechta xalqaro ilmiy konferensiyalarda taqdim etilgan patentlangan TimeWise 3D kompleksi TimeWise Sehrli to‘plamidagi har bir mahsulotga teri salomatligini saqlash uchun muhim bo‘lgan uchta asosiy ta’sirni beradi. Ularni teri salomatligining “alifbosi” deb qabul qilish mumkin.
a. Quyosh nuri va atrof-muhit ifloslanishi ta’sirida hosil bo‘ladigan, teriga zarar yetkazuvchi erkin radikallar kabi salbiy tashqi omillardan qo‘shimcha himoya qilishga yordam beradi.
b. Telefon va boshqa ekranlarning ko‘k nuri ta’sirida hosil bo‘ladigan erkin radikallarni 29% gacha kamaytirishga yordam beradi.
a. Teri rangini yanada tekis ko‘rsatishga yordam beradi.
a. Teridagi kollagen va elastinning tabiiy darajasini saqlashga yordam beradi.

