Age Minimize 3D kompleksi tufayli TimeWise 3D yorqinlik beruvchi tonal asosi nafaqat mukammal qoplamani ta’minlaydi, balki vaqtga bo‘ysunmaydigan go‘zallikni ham baxsh etadi. Uning formulasi yuzga benuqson va yosh ko‘rinish beradi. Vaznsiz teksturasi tufayli teri kun davomida tabiiy ko‘rinadi.
Asosiy afzalliklari
* Ranglar eksklyuziv IntelliMatch™ texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan.
* TimeWise 3D mo‘jizaviy to‘plamining teri parvarishi vositalarida qo‘llaniladigan Age Minimize 3D kompleksini o‘z ichiga oladi.
* Terini 12 soat davomida namlantirishga yordam beradi.
* Teri yuzasiga tekis surtiladi va ajinlar orasida to‘planib qolmaydi.
* Uzoq vaqt saqlanadigan, vaznsiz tekstura va yorqin finish beradi.
IntelliMatch™ texnologiyasi
Eksklyuziv IntelliMatch™ texnologiyasi yordamida dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan 1000 dan ortiq ayolning teri ranglari o‘rganildi.
Ushbu ma’lumotlar tonal asos ranglarini yanada aniqroq ishlab chiqishga yordam berdi. Natijada ko‘proq ayollar o‘zlarining noyob teri rangiga mukammal mos keladigan tonal asosni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Aniqroq ma’lumot olish uchun yuzning uchta asosiy sohasi skaner qilindi:
* peshona;
* yonoqlar;
* dekolte sohasi.
Shu tariqa teri rangining 3000 dan ortiq variatsiyasi o‘rganildi.
Laboratoriyada pigmentlarning to‘g‘ri nisbatini takomillashtirish uchun yuzlab soatlik ishlar olib borildi. Natijada ayollar terisining keng rang diapazoniga tabiiy moslashadigan TimeWise® 3D mat va yorqinlik beruvchi tonal asoslari yaratildi.

