TimeWise 3D tonal asosi tarkibida Age Minimize 3D kompleksi mavjud bo‘lib, u nafaqat mukammal qoplamani yaratadi, balki vaqtga bo‘ysunmaydigan go‘zallikni ham baxsh etadi. Uning formulasi teriga benuqson va yosh ko‘rinish berishga yordam beradi, terida mutlaqo sezilmaydi va kun davomida tabiiy ko‘rinadi.
* Ranglar eksklyuziv IntelliMatch texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan.
* TimeWise 3D mo‘jizaviy to‘plami mahsulotlari tarkibiga kiruvchi Age Minimize 3D kompleksini o‘z ichiga oladi.
* Yog‘li yaltirashni 12 soat davomida nazorat qiladi.
* Formula namlik va ter ta’siriga chidamli.
* Uzoq saqlanadigan, ammo vaznsiz mat finish beradi.
Eksklyuziv IntelliMatch texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan mat formuladan o‘zingizga mos ideal tusni toping. So‘ng 12 soat davomida terida tabiiy ko‘rinadigan va qulay his etiladigan vaznsiz tonal asosdan bahramand bo‘ling.
Ushbu tonal asos tarkibidagi Age Minimize 3D kompleksi terini erkin radikallardan himoya qilishga, terining erta qarishini oldini olishga va uning holatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, mayda chiziqlar va ajinlar ko‘rinishini kamaytirishga ko‘maklashadi.
Teri yog‘ini o‘ziga singdiruvchi, bir tekis tarqaladigan va qoplama zichligini o‘rtachadan zichgacha moslashtirish imkonini beruvchi formula yuzga benuqson va tekis rang baxsh etadi.
### Afzalliklari
* Dermatologlar tomonidan sinovdan o‘tkazilgan.
* Teri tirnash xususiyati va allergiyaga olib kelmasligi klinik jihatdan sinovdan o‘tkazilgan.
* Komedogen emas, ya’ni teri teshikchalarini berkitmaydi.
* Sezgir teri uchun mos.
* Ko‘zlari sezgir bo‘lganlar va kontakt linza taqadiganlar uchun mos.

