TimeWise 3D tonal asosi tarkibida Age Minimize 3D kompleksi mavjud bo‘lib, u nafaqat mukammal qoplamani yaratadi, balki vaqtga bo‘ysunmaydigan go‘zallikni ham baxsh etadi. Uning formulasi teriga benuqson va yosh ko‘rinish berishga yordam beradi, terida deyarli sezilmaydi va kun davomida tabiiy ko‘rinadi.
Eksklyuziv IntelliMatch texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan mat formuladan o‘zingizga mos ideal tusni toping. So‘ng 12 soat davomida tabiiy ko‘rinadigan va terida qulay his etiladigan vaznsiz tonal asosdan bahramand bo‘ling.
Ushbu tonal asos tarkibidagi Age Minimize 3D kompleksi terini erkin radikallardan himoya qilishga, erta qarish belgilarining oldini olishga va teri holatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, mayda chiziqlar va ajinlar ko‘rinishini kamaytirishga ko‘maklashadi.
Teri yog‘ini o‘ziga singdiruvchi, bir tekis tarqaladigan va qoplama zichligini o‘rtachadan zichgacha moslashtirish imkonini beruvchi formula yuzga benuqson va tekis ko‘rinish beradi.
Mustaqil iste’molchilar tadqiqoti davomida ayollarning 83 foizi: «Bu mening yangi sevimli tonal asosim», degan fikrga qo‘shilgan. Ular, shuningdek, nihoyat o‘zlariga mos ideal tonal asosni topganliklarini ta’kidlashgan.¹
10 ayoldan 9 nafari TimeWise 3D mat tonal asosi haqida quyidagilarni aytgan:¹
Formula ter, namlik va ishqalanish ta’siriga chidamli bo‘lib, yog‘li yaltirashni 12 soat davomida nazorat qiladi.
¹ Ushbu natijalar 157 nafar ayol bir hafta davomida TimeWise 3D mat tonal asosini har kuni ishlatgan mustaqil iste’molchilar tadqiqotida berilgan javoblarga asoslangan.
Eksklyuziv IntelliMatch texnologiyasi yordamida dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan 1000 dan ortiq ayolning teri ranglari o‘rganildi.
Ushbu ma’lumotlar tonal asos tuslarini yanada tabiiy va aniq ishlab chiqishga imkon berdi. Natijada ko‘proq ayollar o‘zlarining noyob teri rangiga mukammal mos keladigan tonal asosni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Aniqroq ma’lumot olish uchun uchta asosiy soha skaner qilindi:
Shu tariqa teri rangining 3000 dan ortiq variatsiyasi qayd etildi.
Pigmentlarning to‘g‘ri nisbatini takomillashtirish uchun laboratoriyada yuzlab soatlik ishlar olib borildi. Natijada ayollar terisining keng rang diapazoniga tabiiy mos keladigan TimeWise 3D mat va yorqinlik beruvchi tonal asoslari yaratildi.

