Eksklyuziv IntelliMatch texnologiyasi yordamida ishlab chiqilgan yorqinlik beruvchi formuladan o‘zingizga mos ideal tusni toping. So‘ng kun davomida tabiiy ko‘rinadigan va terida qulay his etiladigan vaznsiz tonal asosning 12 soatlik ta’siridan bahramand bo‘ling.
Age Minimize 3D kompleksi tufayli ushbu tonal asos terini erkin radikallardan himoya qilishga, terining erta qarishini oldini olishga va uning holatini yaxshilashga yordam beradi. Shuningdek, mayda chiziqlar va ajinlar ko‘rinishini kamaytiradi.
Namlantiruvchi formula teriga bir tekis tarqaladi va qoplama darajasini o‘rtachadan zichgacha moslashtirish imkonini beradi. Natijada yuz terisi benuqson va tekis ko‘rinadi.
Eksklyuziv IntelliMatch texnologiyasi yordamida dunyoning turli mamlakatlaridan bo‘lgan 1000 dan ortiq ayolning teri ranglari o‘rganildi.
Ushbu ma’lumotlar tonal asos tuslarini yanada tabiiy va aniq ishlab chiqishga yordam berdi. Natijada ko‘proq ayollar o‘zlarining noyob teri rangiga mukammal mos keladigan tonal asosni tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Aniqroq ma’lumot olish uchun uchta asosiy soha skaner qilindi:
Shu tariqa teri rangining 3000 dan ortiq variatsiyasi qayd etildi.
Laboratoriyada pigmentlarning to‘g‘ri nisbatini takomillashtirish uchun yuzlab soatlik ishlar olib borildi. Natijada ayollar terisining keng rang diapazoniga tabiiy mos keladigan TimeWise 3D mat va yorqinlik beruvchi tonal asoslari yaratildi.

