• Yumshoq muqova
• Qog'oz rangi: eco
• Sahifalar 76
• Kitobni yo'qotmaslik uchun savatga qoshib qoying📚
• Stiker bonus
• Batafzil o'qing😊
**Ivan Kulibin kim? U nimalarni ixtiro qilgan va bu ixtirolarning taqdiri qanday kechgan?**
Ivan Kulibin buyuk mexanik va ixtirochi, o'zini-o'zi o'qitgan daho bo'lib, uning ismi vaqt o'tishi bilan turdosh so'zga aylangan. Ammo uning nimalarni ixtiro qilganini eslashga urinsangiz, eng yaxshi holatda Ermitajdagi "Tovus" soati esingizga tushadi (aslida u bu soatni yasamagan, balki ta'mirlagan xolos). Biz sizga mashhur usta haqidagi haqqoniy hikoyani aytib bermoqchimiz. Kulibin o'z davridan ancha ilgarilab ketgan ko'plab ajoyib narsalarni ixtiro qilgan. Ushbu kitobda siz kulibincha projektorlar va suv kemalari, ko'priklar va protezlar, o'ziyurar arava (samokatka) va vintli lift haqida o'qishingiz mumkin.
Keling, birgalikda vaqt sayohatiga chiqib, o'zimizni Rossiyadagi sanoat inqilobi davridagi o'zini-o'zi o'qitgan daholar o'rnida his qilaylik.
Kulibin ixtirochilik san'atining ramziga aylangan – u har qanday narsani o'ylab topishga qodir (va nafaqat o'ylab topish, balki yasab berishga ham) inson edi. Kulibin nomi bilan ko'plab bolalar muhandislik to'garaklari bejizga nomlanmagan.
**Kitob kimlar uchun?**
* 7 yoshdan boshlab hamma narsa qanday ishlashini tushunishni yaxshi ko'radigan barcha bolalar va kattalar uchun.
* Biografiyalar o'qishni va dunyoning tuzilishi haqida ko'proq bilishni istaganlar uchun.
* Kulibin kimligini va u nimalarni ixtiro qilganini bilishni xohlaydiganlar uchun.

