Bu qotilning boshqa belgilaridan yana biri na barmoq izlari, na solak, na soch tolalari qoldirmasligida edi. U, asosan, agar qizlar qarshilik qilishga uringan bo'lsa, hamma DNK izlaridan xalos bo'lish maqsadida ularning tirnoqlarini kesib olardi. Bundan tashqari yana bir e'tiborga molik jihati bor edi. Qotil tartibni xush ko'rardi. U o'z qurbonlarini haqoratli bir ahvolda yotqizib ketsa-da, albatta sochlarini tarab, tirnoqlarini olib qo' yar, jinoyat sahnasini top-toza qilib ketardi. Hatto choyshablarni to'g'rilab, chiqindini olib chiqib tashlardi. Va qurbonlarining oldida, albatta Injilni qoldirar edi.
O'n yil ichida turli shaharlarda o'n bitta shunday qotilik sodir boldi. Oltita davlat politsiyachilari bu yaramasni tutish uchun millionlab dollar va bir dunyo vaqtni behuda sarflashdi. Bularning barchasi bilan nimaga erishishdi? Hech narsaga… Politsiya bir gapni takrorlardi: «Biz qidiruvni davom ettiryapmiz, ammo...» «Ammo hech narsa topa olmaymiz. Aniq bilaman».

