Tilingizni tozalash natijasida siz yomon hid va ta'm halosini his qilishingiz mumkin.
Ogʻizdagi noxush hidning 80-90% qismi tishlarda emas, aynan til yuzasida yigʻilib qoladigan karash (oq qatlam) va bakteriyalar tufayli yuzaga keladi. Oddiy tish choʻtkasi esa bu qatlamni chuqur tozalay olmaydi.
Bizning til qirgʻichimiz qanday muammolarni hal qiladi?
* Nafas yangiligi: Tildagi badboʻy hid keltirib chiqaruvchi barcha bakteriyalarni oson tozalaydi va sizga uzoq muddatli soflik baxsh etadi.
* Sogʻlom taʼm bilish (Ishtahani ochish): Til retseptorlarini karashlardan tozalab, ovqatlarning haqiqiy va tabiiy taʼmini chuqurroq his qilishingizga yordam beradi.
* Ogʻiz boʻshligʻi salomatligi: Doimiy foydalanish karies va milk kasalliklari xavfini kamaytiradi.
Mahsulotning afzalliklari:
* Premium material: Tibbiyot va ogʻiz gigiyenasi standartlariga mos keladigan zanglamaydigan yuqori sifatli poʻlatdan yasalgan. Toksiz, tamsiz va uzoq yillar davomida zanglamasdan xizmat qiladi.
* Yoyli xavfsiz dizayn: Qirgʻich boshining maxsus silliqlangan yoyli dizayni til yuzasiga toʻliq mos tushadi. Tilingizni shikastlamaydi va jarohatlamaydi.
* Gidiyenik va oson parvarish: Plastik vositalardan farqli ravishda, metall yuzada mikroblar toʻplanmaydi. Uni oddiy suvda yuvish juda oson va qaynatib sterilizatsiya qilish mumkin.
Foydalanish usuli juda oddiy (Bor-yoʻgʻi 2 bosqich):
* Qirish: Til qirgʻichini suvda chayib, tilingizning ichki (orqa) qismidan uchiga qarab 3-5 marta, oʻrta bosim bilan ohista torting.
* Ogʻizni chayish: Tozalash tugagach, ogʻiz boʻshligʻini va qirgʻichni toza suv bilan yaxshilab chayib tashlang.
Oʻzingiz va yaqinlaringiz salomatligiga bugundanoq gʻamxoʻrlik qiling! Toza nafas va goʻzal tabassum hamrohingiz boʻlsin. Savollaringiz boʻlsa, seller chatida sizga yordam berishdan mamnunmiz!

