Elektromexanik tikuv mashinasi Janome Fashion Green — uy sharoitida tikish uchun qulaylik, zamonaviy ko'rinish va ishonchli ishlashni o'zida mujassam etgan amaliy model. Mashina ixcham dizaynli yangi korpusda ishlab chiqarilgan bo'lib, matli plastik unga zamonaviy va bejirim ko'rinish beradi, yorug'likni qaytarmaydi hamda texnikaning toza va ozoda ko'rinishini saqlab qolishga yordam beradi.
Janome Fashion Green kundalik tikuvchilik va ijodiy loyihalar uchun zarur bo'lgan 15 ta tikuv operatsiyasini, shu jumladan yarim avtomat rejimida petlya (tugma teshigi) ochishni ham bajaradi. Model barqaror ishlash va oson xizmat ko'rsatishni ta'minlaydigan klassik vertikal chelnok (moki) bilan jihozlangan.
Choklarni tanlash tugmasi ko'z hizosida joylashgan bo'lib, buning yordamida sozlamalarni o'zgartirish tez va qulaydir. O'rnatilgan ip o'tkazgich ignaga ip o'tkazishni osonlashtiradi va ishga tayyorgarlik ko'rishni yanada qulay qiladi. Tugma qadash va erkin harakatlanuvchi qavish (styoojka) ishlari uchun pastki transportyorni o'chirib qo'yish imkoniyati mavjud.
Revers tugmasi chokni qotirish va teskari yo'nalishda tikish imkonini beradi. Mashina turli xil matolar bilan ishonchli ishlaydi: qalin materiallar uchun tepki (lapka)ni qo'shimcha ko'tarish imkoniyati ko'zda tutilgan, "erkin yeng" (svobodniy rukav) platformasi esa manjetlar, yenglar va boshqa tor qismlarga ehtiyotkorlik bilan ishlov berishga yordam beradi.
Elektromexanik tikuv mashinasi

