• Tibbiyot kitobi
• Nomi: Odam Anatomiyasi
• Mualliflar: Abdig'affor Gadayev, Utkur Mirsharapov
• Yil: 2023
• Sahifa: 704 bet
• Nashriyot: Muharrir nashriyoti
• Rasmlar: Rangli
• Til: O'zbek tili
• Yozuv: Lotin alifbosi
• Muqova: qattiq muqovali
Nomi: Odam Anatomiyasi
Mualliflar: Abdig'affor Gadayev, Utkur Mirsharapov
Tavsif:
Mazkur kitob odam anatomiyasi bo'yicha fundamental bilimlarni o'z ichiga oladi. Unda inson tanasining tuzilishi, organlarning funksiyalari va ular orasidagi o'zaro bog'liqlik batafsil yoritilgan. Ilmiy tahlillar va illyustratsiyalar yordamida mavzularni o'rganish osonlashtirilgan. Talabalar, tibbiyot mutaxassislari hamda ilmiy izlanish olib borayotganlar uchun qo'llanma sifatida foydalanish mumkin.
Kitobning xususiyatlari:
O'zbek tilida yozilgan.
Ilmiy-ommabop tilda ifoda etilgan.
Anatomiya bo'yicha grafik illyustratsiyalar va diagrammalar mavjud.
Tibbiyot va biologiya yo'nalishidagi talabalar uchun foydali manba.
Odam anatomiyasi tibbiyotning fundamental fanlaridan biri hisoblanadi. U talabalarni bo‘lajak mutaxassislik fanlarini chuqur o‘rganishlari uchun zamin yaratadi. Darslik tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining bakalavriat taʼlimi yo‘nalishi bo‘yicha davolash ishi (60910200), pediatriya ishi (60910300), tibbiy profilaktika ishi (60910400), stomatologiya (60910100), tibbiy biologiya ishi (60910600) va xalq tabobati (60911100) fakultetlarining o‘quv rejasiga mos ravishda tayyorlangan. Shuningdek, undan tibbiyot texnikumlarining talabalari ham foydalanishlari mumkin.
Kitob hozirga qadar respublikamizda odam anatomiyasi fanidan nashr etilgan darsliklardan bir muncha farq qiladi. Unda keltirilgan ko‘p sonli rangli rasmlarda mushaklar va ichki aʼzolarning anatomik tuzilishi bilan bir qatorda ularni qon va nerv bilan taʼminlanishi, vena hamda limfa tomirlari yo‘nalishlari keltirilgan.
Bunday yondashish nafaqat bo‘lg‘usi shifokorga inson organizmiga bir butunlikda qarash imkoniyatini yaratadi, balki kitobni amaliyotda ishlayotgan vrachlar uchun ham muhim qo‘llanmaga aylantiradi.

