• Tibbiyot kitobi
• Nomi: Amaliy elektrokardiografiya (EKG)
• Muallif: Abdug'affor Gadayev
• Til: O'zbekcha
• Yozuv: Krillcha
• Muqova: Qattiq
• Sahifalar: 372 bet
• Format: A5
• Yil: 2024
• Kitob o'lchami: 15×22 sm
• ISBN: 978-9943-4615-1-2

Ushbu kitob zamonaviy tibbiyotda elektrokardiografiyaning (EKG) amaliy ahamiyatiga bag‘ishlangan. Unda elektrokardiogrammani tahlil qilishning asosiy metodikalari, normal va patologik ko‘rinishlari tushunarli va sodda tarzda taqdim etilgan.
Kitob tibbiyot o‘quvchilaridan tortib, amaliyotchi shifokorlargacha bo‘lgan barcha uchun qimmatli qo‘llanma hisoblanadi. Bu nafaqat EKG tushunishni o‘rganmoqchi bo‘lganlar, balki shoshilinch tibbiy holatlarda uni to‘g‘ri tahlil qilishni istaganlar uchun ham mos keladi.
1. Elektrokardiografiyaning asoslari
2. Yurakning elektr faoliyatini tushunish
3. Normal EKG ko‘rinishlari
4. Patologik holatlar: aritmiya, infarkt va boshqalar
5. EKG tahlili bo‘yicha amaliy maslahatlar
Tibbiyot amaliyotida oson qo‘llash uchun qulay usullar.
Qo‘shimcha sxemalar va grafiklar.
Zamonaviy tibbiyotda qo‘llaniladigan yo‘riqnomalarga asoslangan.
Hozirgi kunda exokardiografiya va koronarografiya tekshirishlarisiz zamonaviy kardiologiyani tasavvur qilib bo‘lmaydi. Ular bilan bir qatorda, yurak qon-tomir kasalliklarini tashxislash uchun ssintigrafiya. ventrikulografiya, magnit rezonans tomografiyasi kabi boshqa qator tekshirish usullari qo‘llaniladi.
Yuqorida qayd etilgan zamonaviy tekshirish usullarini amaliyotga tobora keng joriy etilishidan qatʼi nazar 150 yildan ko‘proq tarixga ega bo‘lgan elektrokardiografiya kardiologiyada hamon yetakchi o‘rin egallaydi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi. Bunga sabab uning barcha tibbiyot muassasalarida keng qo‘llanilishi, qulayligi, arzonligi. hammabopligi va, nihoyat, EKG ërdamida yurak faoliyati to‘g‘risida muhim maʼlumotlar olish imkoniyati mavjudligidir. Shunga qaramasdan, hozirga qadar o‘zbek tilida ushbu muhim tekshirish usuliga bag‘ishlangan adabiyotlar mavjud emas edi. Rus tilidagi qo‘llanmalar esa murakkab bo‘lib, o‘zlashtirishda qator qiyinchiliklar tug‘dirardi. Shuning uchun ko‘p yillik tajribalar asosida ushbu keng tarqalgan tekshirish usuli to‘g‘risida o‘zbek tilida sodda va barcha mutaxassis shifokorlarga o‘qib-o‘rganish imkoniyatini beradigan qo‘llanma yaratishga harakat qilindi.
Kitob amaliyotda ishlayotgan shifokorlar va kardiologiya yo‘nalishida tahsil olayotgan magistrlarga mo‘ljallangan.

