Ushbu mahsulotimiz shifoxonalar, klinikalar, laboratoriyalar, stomatologiya xonalari, muolaja xonalari va tibbiy asbob-uskunalar bilan ishlanadigan joylar uchun mo‘ljallangan. Tibbiy asboblar uchun aravacha-stol dori vositalari, tibbiy jihozlar, muolaja anjomlari va boshqa zarur buyumlarni qulay joylashtirish hamda tashish uchun xizmat qiladi. Mustahkam metall karkasi va himoya panjarali polkalari foydalanish vaqtida barqarorlikni ta’minlaydi. G‘ildiraklari yordamida aravachani xona ichida oson harakatlantirish mumkin. Yon tomonida joylashgan metall kosacha esa muolaja jarayonida qo‘shimcha qulaylik yaratadi.
Texnik xususiyatlari:
Umumiy balandligi: 86 sm
Uzunligi: 60 sm
Kengligi: 40 sm
Yuqori qism balandligi: 15 sm
Polkalar orasidagi masofa: 43 sm
Pastki qism balandligi: 28 sm
Polkalar soni: 2 ta
Tortma: 2 ta
Yon kosacha: mavjud
Karkas materiali: metall / zanglamaydigan po‘lat
G‘ildiraklar: mavjud
Harakatlanishi: g‘ildirakli.

