• Nashriyot: «Sharq»
• O‘lchami: 70×100 1/16
• Muqovasi: qattiq
• I -juz – 688 bet. II-juz – 776 bet. III-juz birinchi qism – 736 bet. III-juz ikkinchi qism – 800 bet. IV-juz – 848 bet. V-juz – 376 bet.
• Tarjimonlar: A. Rasulev, K. Mirzayev, U.I. Karimov, A. Murodov
• Nomi: «Tib qonunlari» 1, 2, 3, 4, 5-kitoblar
Uchinchi nashr «Qonun»ning ikkinchi nashri asosida tayyorlandi. Izoh va ko‘rsatkichlar qayta ko‘rib chiqildi.
Ushbu uchinchi nashrning kitobiga muqaddima sifatida U.I. Karimovning II nashr muqaddimasi uchun yozgan «Ibn Sinoning hayoti va ijodi», V.K. Jumayevning «Ibn Sinoning umumiy klinik qarashlari va ularning nazariy asoslari» nomli taqdiqotlari hamda K.U Karimovaning uchinchi nashr uchun tayyorlangan «Ibn Sino va zamonaviy tabobat» nomli maqolalari berildi.
Kitobdan foydalanishda quyidagilarni nazarda tutish lozim: sahifalar chetidagi raqamlar «Qonun» Birinchi kitobining Sank-Peterburgda saqlanayotgan qo‘lyozmasi («L»)ning varag‘ini, matn ichida buchaklari qavsga olib berilgan raqamlar esa «Qonun»ning Buloq bosmasi («B»)dagi betlarni ifodalaydi. Kursiv bilan terilgan arabcha, forscha va yunoncha so‘zlarning ko‘pi izohlarda tushuntiriladi. Dorilik moddalar haqida to‘laroq izolarni «Qoun»ning Ikkinchi va Beshinchi kitoblaridan, kasallik nomlariga oid istilohlarning izohini esa Uchinchi va To‘rtinchi kitoblaridan topish mumkin. Og‘irlik o‘lchovlarining miqdorini tushuntiruvchi jadval «Qonun»ning Ikkinchi kitobiga ilova qilinadi.
Burchakli qavsga olingan so‘zlar ba’zi bir jumla va iboralarni tushunish oson bo‘lsin uchun tarjimon va muharrirlar tomonidan qo‘shilgan.
"Tib qonunlari" — inson salomatligi, kasalliklarning kelib chiqishi, ularning oldini olish va davolash usullari jamlangan besh jildlik ulkan ensiklopediyadir. Unda anatomiya, psixologiya, farmakologiya va gigiena masalalari chuqur tahlil qilingan. Bu asar ming yil oldin yozilgan bo‘lsa-da, undagi ko‘plab tavsiyalar bugungi zamonaviy tibbiyotda ham o‘z qimmatini yo‘qotmagan.
Ushbu kitob har bir xonadon uchun zaruriy qo'llanmadir. Undagi sog'lom turmush tarzi, ovqatlanish tartibi va jismoniy tarbiya haqidagi bo'limlar kundalik hayotda asqotadi. Bu asarni sotib olish — buyuk bobokalonimizning bebaho ilmiy merosiga ega bo‘lish demakdir.

