Thematic IELTS Reading Marathon — IELTS imtihonining Reading bo‘limiga chuqur va tizimli tayyorlanish uchun mo‘ljallangan zamonaviy o‘quv qo‘llanma. Kitob tematik asosda tuzilgan bo‘lib, har bir mavzu bo‘yicha turli formatdagi matnlar, savollar va mashqlarni o‘z ichiga oladi.
Qo‘llanmada autentik practice testlar, band-score oshirishga yordam beruvchi strategiyalar hamda keng qamrovli tavsiyalar berilgan. O‘quvchilar skimming va scanning texnikalari, kalit so‘zlar bilan ishlash, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash hamda murakkab savollarga tez va aniq javob topish usullarini o‘rganadilar.
Kitob Band 4.0 dan 8.0 gacha bo‘lgan darajadagi nomzodlar uchun mos bo‘lib, mustaqil tayyorlanish yoki kurslar bilan birgalikda foydalanish mumkin. Ingliz tilini o‘rganayotgan talabalar, abituriyentlar va IELTS topshirishni rejalashtirgan barcha uchun tavsiya etiladi.

