So‘nggi gulbarg to‘kilishi bilan oxirgi sahifa ham yopiladi…
Faqatgina qisqa olcha gullash mavsumida paydo bo‘ladigan kitobxonlar maskani — «Gilos gullari kitob do‘koni»ga xush kelibsiz. Nozik gulbarglar nafasi orasida yashiringan bu maskan o‘tmish armonlari va qayg‘ulari yuki ostida qolgan insonlar uchun haqiqiy panohgohdir. Bu yerda do‘konning sirli yosh egasi Sakura va uning dono chipor mushugi Kobako taskin hamda shifoga muhtoj qalblarning tashrifini sabr bilan kutishadi.
To‘rt fasl davomida kechadigan ushbu qissada kitob do‘konining har bir mehmoni o‘z o‘tmishi va bugunini bog‘lovchi, ularni tushunish va qabul qilish sari yetaklovchi kitobga duch keladi. Do‘konning qadimiy jozibasi hamda yangi damlangan qahvaning taskin beruvchi ifori og‘ushida Sakura va Kobako o‘z mehmonlariga kitoblar qudrati orqali ichki g‘am-alamlarini yengib o‘tishga va yangi umid bilan olg‘a qadam tashlashga yordam beradilar.

