• Morgan Xouzel
• Moliyaviy psixologiya, investitsiya, shaxsiy rivojlanish
• Sahifalar soni: 242
“The Psychology of Money” kitobi moliyaviy qarorlarimiz matematik hisob-kitoblardan ko‘ra, ko‘proq hissiyotlar, odatlar va hayotiy tajribalar ta’sirida qabul qilinishini ko‘rsatadi. Muallif insonlar bir xil daromadga ega bo‘lsa ham, turlicha boylikka erishishi yoki aksincha, moliyaviy qiyinchilikka duch kelishi ortidagi psixologik omillarni ochib beradi. Kitobda sabr, tavakkal, ishonch, qo‘rquv, aldanish, haddan tashqari optimizm yoki ehtiyotkorlik kabi hislar moliyaviy muvaffaqiyatni qanchalik belgilashini sodda tilda tushuntiriladi. Muallif tarixiy voqealar, mashhur investorlar misollari va kundalik hayotdan olingan voqealar orqali pulning haqiqiy tabiatini anglashga yordam beradi. Asar o‘quvchini o‘z moliyaviy xatti-harakatlarini qayta ko‘rib chiqishga undaydi va uzoq muddatli barqarorlikka erishish uchun zarur bo‘lgan psixologik tamoyillarni shakllantirishga chorlaydi.

