Uning yengil, ammo yopuvchan teksturasi teriga darhol singib, yuzni tekislab, tabiiy effekt beradi. Qoplamasi o‘rta darajali bo‘lib, dog‘larni, qizarishlarni, mayda nuqsonlarni bemalol yashiradi. Shu bilan birga teri “niqob” bo‘lib qolmaydi — nafas oladi, charchagan yoki og‘ir tuyulmaydi.
SPF 20 esa kundalik quyosh nurlaridan himoya qilib, terining yosh ko‘rinishini saqlashga yordam beradi. Tonal krem terida 24 soatgacha yangidek qoladi, issiqda erib ketmaydi, sovuqda qurib qolmaydi. Yaltirashni nazorat qiladi, terini jilokor, silliq va bir xil rangda qiladi.

