• Nomi: The Montessori Toddler
• Muallif: Simone Davies
• Janri: Pedagogika, tarbiya, ota-onalar uchun qo‘llanma
• Yosh chegarasi: Ota-onalar va tarbiyachilar uchun
• Muqova: Yumshoq
• Sahifalar soni:257
Kitob ota-onalarga Montessori metodini amaliy tarzda uy sharoitida qo‘llashni o‘rgatadi. Asarda bolani mustaqil o‘yinlarga jalb qilish, unga mos muhit yaratish va rivojlanish jarayonini qo‘llab-quvvatlashning oddiy usullari bayon qilingan. Muallif ota-onalarga sabr, e’tibor va hurmat bilan yondashishni tavsiya qiladi. Montessori uslubida bolaning tabiiy qiziqishi va tashabbuskorligini qadrlash, unga o‘z kuchiga ishonish imkonini berish asosiy o‘rinda turadi. Kitobdagi tavsiyalar ota-onalarga farzandining shaxs sifatida shakllanishida ishonchli yo‘l-yo‘riq beradi. “The Montessori Toddler” oila va tarbiya jarayonida yangi qarashlarni kashf etishga yordam beradi.

