Koinotning qaysidir chekkasida cheksiz kitoblarni o‘z ichiga olgan kutubxona mavjud. Har bir kitob boshqa bir voqelikning hikoyasidir. Birida - hayotingiz tarixi qanday bo‘lsa, shundayligicha, ikkinchisida esa - qaysidir paytda boshqacha tanlov qilganingizda yashashingiz mumkin bo‘lgan hayot tarixi. Biz hammamiz hayotimiz qanday bo‘lishi mumkinligi haqida o‘ylaymiz, lekin agar sizda haqiqatan ham ushbu kutubxonaga kirib, buni o‘z ko‘zingiz bilan ko‘rish imkoniyati bo‘lsa-chi? Bu boshqa hayotlar haqiqatan ham yaxshiroq bo‘larmidi?
Mett Xeygning maftunkor jahon bestselleri bo‘lgan "Tungi kutubxona" (The Midnight Library) romanida Nora Sid shunday tanlov oldida qoladi. U o‘z hayotini o‘zgartirish imkoniyatiga ega bo‘ladi: boshqa kasbni tanlaydi, eski xatolarini tuzatadi, muzshunos bo‘lish orzusini amalga oshiradi. Yarim tungi kutubxona bo‘ylab sayohat qilar ekan, Nora haqiqatan ham nima mamnuniyat keltirishi va nima uchun yashash kerakligini tushunish uchun o‘z ichiga nazar solishi kerak.

