“Kitta uchuvchi” — afgʻon-amerikalik yozuvchi Xolid Husayniyning birinchi romani.[1] 2003-yilda Riverhead Books tomonidan chop etilgan asar Kobulning Vazir Akbar Xon tumanida yashovchi Amir ismli yosh bola haqida hikoya qiladi. Hikoya Afg‘oniston monarxiyasining qulashi, Sovet qo‘shinlari bostirib kirishi, qochqinlarning Pokiston va AQShga ko‘chib o‘tishi va Tolibon rejimining kuchayishigacha bo‘lgan shov-shuvli voqealar fonida tasvirlangan.

