• Nashriyot: "Spectrum Media Group" Toshkent 2026 yil.
• Tuzuvchi: Aziz Axtamov
• Sahifalar soni: 304
• Muqova: yumshoq
• Til: ingliz tilida
• Format: 84 * 108 1/16 (A4)
Ushbu “Test Collection” nomli qo‘llanma tajribali o‘qituvchi Axtamov Aziz tomonidan tuzilgan bo‘lib, muallifning 15 yildan ortiq pedagogik tajribasiga asoslangan. Kitobda ingliz tili grammatikasini mustahkamlashga mo‘ljallangan 6000 dan ortiq test topshiriqlari jamlangan.
Testlar yurtimizda keng qo‘llaniladigan Raymond Murphy, Destination B1, Destination B2, Destination C1–C2, Azar hamda DTM formatidagi testlar asosida tuzilgan. Topshiriqlar mazkur darsliklarning unitlari bo‘yicha ishlab chiqilgan bo‘lib, o‘tilgan mavzularni mustahkamlash va nazorat qilishga xizmat qiladi.
Qo‘llanma maktab o‘quvchilari, abituriyentlar, oliy ta’lim muassasalari talabalari hamda mustaqil ravishda ingliz tilini o‘rganayotganlar uchun mo‘ljallangan. Kitob grammatik bilimlarni tizimli ravishda takrorlash va test orqali mustahkamlash uchun samarali manba hisoblanadi.

