Kulgiga tobingiz qalay ? Hayot tashvishlaridan biroz chalgʻish uchun gʻuborlaringizni yozmoqchi boʻlsangiz, Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Tohir Malik kashf etganva ushbu moʻ'jaz kitobda tasvirlagan gʻaroyib sayyoradagi kishi topmas qishloqqa boring. Qishloq mahallalari koʻchalarini oralab, oʻzingizga oʻxshagan sodda , samimiy odamlar xonadoniga kiring. Uylanish uchun yigit ekanligi hujjat yigʻayotgan Shodivoyni, Navoiyni ayronfurush qilib qoʻygan Dumbultoyni koʻrasiz, Julqunboyning oʻgay jiyani Joʻrjning gazetaga yozgan maqolalarini oʻqiysiz. Undan Yoʻqqulobodga oʻtib Gʻoyibqul va uning qoʻshnilari boshidan oʻtgan voqealarga quloq tuting. Qishloq ahlining gap-soʻzlari, oʻy-fikrlari, yashash tarzlari, hatti-harakatlari sizni ichagingiz uzilgudek kuldirishga adibning oʻzi kafil.

