Termopredohranitеl (termik datchik) — bu elektr va elektron qurilmalarda xavfsizlikni ta’minlash uchun ishlatiladigan muhim elementdir. U ruxsat etilgan haroratdan oshilganda elektr zanjirini avtomatik ravishda uzadi va qurilmani shikastlanishdan himoya qiladi.
Ushbu model 125°C da ishga tushadi va 250V AC kuchlanish hamda 10A gacha bo‘lgan tokda ishlashga mo‘ljallangan. Termopredohranitеl bir martalik bo‘lib, ishga tushgandan so‘ng qayta tiklanmaydi va almashtirilishi shart.
Elektr choynaklar, fenlar, mikroto‘lqinli pechlar, isitgichlar, muzlatgichlar, elektr pechlar va boshqa isitish elementlariga ega maishiy texnikalarda keng qo‘llaniladi.

