Kollagen - bo'g'imlarda, suyaklarda, terida, tirnoqlarda va boshqa biriktiruvchi to'qimalarda mavjud bo'lgan asosiy tarkibiy oqsildir. Inson yoshi katta bo’lgani sari kollagen tabiiy ravishda parchalanadi va asta sekin uning darajasi kamayadi, bu esa qarishning dastlabki belgilariga olib keladi. Kollagen turli biriktiruvchi to'qimalar uchun asosiy quruvchi vositadir. Kollagen tanadagi ko'plab to'qimalarning mustahkamligi, elastikligi va moslashuvchanligini saqlash uchun javobgardir. Ozuqa qo’shimchasi sifatida u tana to'qimalarini, shu jumladan teri bo'g'inlar va suyaklarning mustahkamligi, salomatligi va yaxlitligini saqlash uchun zarur bo'lgan xom ashyo bilan ta'minlaydi. Ushbu kollagen organizm tomonidan optimal so'rilishi uchun kichik molekulalar bilan fermentativ ravishda gidrolizlangan peptidlarni o'z ichiga oladi. Kollagenni yaxshiroq singdirish uchun vitamin С kerak, vitamin С va gialuron kislotasi bo'lgan bunday kompleks natijalarga tezroq erishishga va organizmda kollagen yetishmasligini tiklashga yordam beradi. Bundan tashqari, Vitamin C va gialuron kislotasi terining optimal namlik darajasini saqlab turishga, qarish va ajinlar paydo bo'lishini sekinlashtirishga yordam beradi, terining turgorini yaxshilaydi.

